O‘zbekistondagi bizneslar uchun IT xizmatlar

Biznesingizni raqamlashtiramiz

Do‘kon uchun savdo tizimi, telefondagi qarz daftari, Telegram bot, Mini App va veb-saytlar — g‘oyadan tortib ishga tushirishgacha.

1 soat
ichida javob beramiz
24/7
Telegram orqali ishlaydi
0 so‘m
birinchi maslahat
Xizmatlar

Nima qilib beramiz

Har bir loyiha sizning ishingizga moslab qilinadi. Narxlar — boshlang‘ich, aniq narx talablarni eshitgach aytiladi.

Raqamli Daftar — qarz daftari

Faqat qarz yozadiganlar uchun: usta, sotuvchi, kichik do‘kon. Kim qancha qarz va qachon qaytaradi — telefonda.

  • Qarz va to‘lovni yozish
  • Qarzdorga Telegram’da xabar va eslatma
  • Lotin va kirill
14 kun bepulBepul boshlash

Telegram bot va Mini App

Buyurtma qabul qiladigan, mijozga xabar yuboradigan va to‘lovni kuzatadigan bot.

  • Katalog va savatcha
  • Ro‘yxatdan o‘tish va bildirishnomalar
  • Admin panel
2 500 000 so‘mdan

Veb-sayt

Kompaniya sayti yoki landing: tez ochiladi, telefonda qulay, Google’da topiladi.

  • Zamonaviy dizayn
  • O‘zbek va rus tilida
  • Buyurtma formasi
1 500 000 so‘mdan

Internet-do‘kon

Mahsulot katalogi, savatcha, buyurtma va to‘lov — ombor bilan bog‘langan holda.

  • Katalog va filtrlar
  • Buyurtmalar paneli
  • Click / Payme bilan bog‘lash (shartnoma do‘kon nomidan)
4 000 000 so‘mdan

CRM va maxsus tizim

Ishingizdagi qo‘lda bajariladigan jarayonlarni bitta qulay tizimga yig‘amiz.

  • Mijozlar va bitimlar
  • Xodimlar va ruxsatlar
  • Hisobotlar
Kelishiladi
Tayyor mahsulot

Do‘kon uchun savdo va qarz tizimi

Daftar va kalkulyator o‘rniga — bitta tizim. Kompyuterda, telefonda va Telegram’da ishlaydi.

Kassa va chek

Ulgurji va chakana narxlar, 80 mm chek, chek xaridorning Telegram’iga ham boradi.

Qarz daftari

Kim qancha qarz, qachon qaytaradi — eslatma bot orqali o‘zi ketadi.

Ombor va foyda

Qoldiq, kirim narxi va har bir sotuvdan qolgan foyda.

Telegram bot va Mini App

Xaridor botdan buyurtma beradi, balansini va hisobotini ko‘radi.

14 kun bepul sinab ko‘rish
Raqamli Daftar

Qarz daftari — endi telefoningizda

Kassa va ombor kerak emas, faqat qarz yozasizmi? Daftar va ruchka o‘rniga — Raqamli Daftar. Telegram’da 1 daqiqada ochiladi.

Qarz va to‘lov

Kimga qancha berdingiz, qancha qaytardi — qoldiq o‘zi hisoblanadi. So‘m va dollar alohida yuritiladi.

Muddat va eslatma

Qaytarish kunini yozing: muddatdan bir kun oldin qarzdorga Telegram’da eslatma o‘zi boradi.

Qarzdor ham ko‘radi

Qarzdor botga raqamini yuborsa, hamma qarzini ko‘radi va har qarz, to‘lov haqida xabar oladi.

Chek va izoh

Tilxat, chek yoki mahsulot ro‘yxatining rasmini va izohni qarz yoniga qo‘shib qo‘ying.

Mening qarzlarim

O‘zingiz kimdan qarz olganingizni ham yozib boring, muddati yodingizdan chiqmaydi.

Ma’lumot yo‘qolmaydi

Telefon almashsa ham daftar joyida: Telegram yoki login bilan istalgan qurilmadan kirasiz.

1 daqiqada ochiladi

  1. Telegram’da botni oching
  2. Daftar nomini va raqamingizni yuboring
  3. Daftar tayyor — shu yerning o‘zida yuritasiz
Qanday ishlaymiz

Buyurtmadan ishga tushgunicha

  1. 1

    Buyurtma

    Formani to‘ldirasiz yoki Telegram’ga yozasiz. 1 soat ichida qo‘ng‘iroq qilamiz.

  2. 2

    Kelishuv

    Vazifani birga aniqlaymiz, narx va muddatni yozma kelishamiz.

  3. 3

    Ishlab chiqish

    Har hafta natijani ko‘rsatamiz — siz jarayonni kuzatib borasiz.

  4. 4

    Ishga tushirish

    Ishga tushiramiz va xodimlaringizga ishlatishni o‘rgatamiz.

Ishlarimiz

Natija — real biznesda

Savdo tizimimiz Qo‘qondagi ulgurji do‘konda har kuni ishlatiladi.

Ulgurji savdo do‘koni · Qo‘qon

Daftardan raqamli savdoga

Qarzlar daftarda, cheklar qo‘lda, qoldiq taxminan edi. Endi har bir sotuv tizimda, chek xaridorning Telegram’iga boradi, qarz eslatmasi o‘zi ketadi.

  • Kassa va 80 mm chek
  • Qarz daftari va Telegram eslatmalar
  • Xodimlar hisoboti va foyda
  • Xaridor uchun bot va Mini App
140+
mahsulot tizimda
80 mm
chek printerda
24/7
qarz eslatmalari

Nega Raqamli Market

O‘z tilingizda

Tizim va hujjatlar o‘zbek (lotin va kirill) va rus tilida.

Telefon ham yetadi

Hamma narsa telefon va planshetda qulay ishlaydi.

Ma’lumot sizniki

Kundalik zaxira nusxa, ma’lumotlaringiz hech qayerga ketmaydi.

Yonimizdamiz

Ishga tushgandan keyin ham Telegram orqali yordam beramiz.

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Loyiha qancha vaqtda tayyor bo‘ladi?

Oddiy sayt — 1–2 hafta, Telegram bot — 2–4 hafta, maxsus tizim — talablarga qarab. Aniq muddatni kelishuvda yozib beramiz.

To‘lov qanday bo‘ladi?

Odatda 50% oldindan, 50% topshirilganda. Savdo tizimi uchun — oylik obuna, birinchi 14 kun bepul.

Internet bo‘lmasa ishlaydimi?

Tizim internet orqali ishlaydi. Mobil internet ham yetadi — sahifalar yengil va tez ochiladi.

Keyin o‘zgartirish kiritsa bo‘ladimi?

Ha. Ishga tushgandan keyin ham yangi imkoniyatlar qo‘shamiz — kelishuv asosida.

Menga faqat qarz daftari kerak, kassa shartmi?

Shart emas. Raqamli Daftar — faqat qarz hisobi uchun: Telegram’da ochasiz, telefoningizdan yuritasiz. 14 kun bepul.

Raqamli Daftarda 14 kun tugasa nima bo‘ladi?

Hech narsa o‘chmaydi. Daftar faqat ko‘rish rejimiga o‘tadi: hamma qarzdor va yozuvlar ko‘rinadi, faqat yangi yozuv qo‘shib bo‘lmaydi. To‘lov qilsangiz, shu zahoti davom etasiz. Tugashidan 3 kun oldin Telegram’da ogohlantiramiz.

Qarzdorimda Telegram bo‘lmasa-chi?

Daftar baribir ishlaydi: qarz va to‘lovni yozasiz, hisob-kitobni SMS yoki boshqa messenjer orqali matn qilib yuborishingiz mumkin. Telegram faqat avtomatik xabar va eslatma uchun kerak.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Daftaringizni faqat siz ko‘rasiz: kirish Telegram yoki parol bilan, ulanish shifrlangan. Qarzdor faqat o‘z qarzini ko‘radi — izoh va rasmlaringiz unga ko‘rinmaydi.

Buyurtma berish

Loyihangiz haqida yozing

Formani to‘ldiring — 1 soat ichida (ish vaqtida) qo‘ng‘iroq qilamiz. Maslahat bepul.

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.

Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing: @raqamli_market_bot